Tavsif
Buyuk Britaniya, Kembrij universiteti Clare College tomonidan Global Leadership & Business Certification Cambridge 2025 dasturi tashkillashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur 2025-yilning 26-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo‘lgan talabalar, mutaxassislar va xodimlar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlardan til sertifikati talab qilinmaydi. Dastur doirasida 20 ishtirokchiga to‘liq, 50 ishtirokchiga qisman grantlar, shuningdek, 80 ishtirokchiga moliyalashtirilmaydigan o‘rinlar taqdim etiladi. Dastur quyidagi mavzular doirasida bo‘lib o‘tadi:
- Scaling New Heights: Reflect, Evaluate, and Move Forward;
- The Struggle with Transformation: Research Findings and Real-World Experiences;
- Global Strategic Leadership and Decision-Making;
- Cross-Cultural Leadership and Communication;
- Innovation, Digital Transformation, and Global Business Operations.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 22-aprelga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.