Tavsif
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli Oksford universitetida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Reach Oxford Scholarship dasturi taqdim etiladi. Grant taxminan 2-3 nafar nomzodga berilishi rejalashtirilgan.
Dastur siyosiy yoki moliyaviy sabablarga koʻra yoki tegishli taʼlim muassasalari mavjud boʻlmaganligi sababli oʻz mamlakatlarida ilmiy daraja olish uchun oʻqiy olmaydigan kam daromadli mamlakatlardan kelgan talabalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Grant yoʻnalishga qarab 3 yildan 4 yilgacha davom etadi. Shuning uchun ishtirokchilar oʻrtasida saralash kuchli raqobat orqali oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.