Tavsif
HISA Youth Dialogue 2026 dasturi bu nufuzli global yetakchilik bo‘yicha dasturlaridan biri hisoblanib, kelajakni quruvchi va o‘zgartira oluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Dastur 2026-yil 26-29-mart kunlari qadimiy Avstraliyaning Sidney bo‘lib o‘tadi va unda butun dunyodan yosh yetakchilar, siyosatchilar, akademiklar va mutaxassislar to‘planadi. Ushbu dasturda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan barcha davlat va soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. Dasturda 4 kategoriya bo‘yicha ariza topshirish mumkin bo‘lib, xarajatlari to‘liq qoplanadigan kategoriya uchun 25 o‘rin, xarajatlari qisman qoplanadigan kategoriya uchun 75 o‘rin va xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun 50 o‘rin ajratilgan.
Dasturda quyidagi mavzular tahlil qilinadi:
- Global governance & Leadership;
- Climate diplomacy & Sustainability;
- Digital Transformation & AI Governance;
- Human Rights & Social Justice;
- Public Policy & Global Health;
- Peacebuilding & Conflict Resolution.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.