Tavsif
Buyuk Britaniyaning nufuzli Queen Mary University of London oliygohi tomonidan Intellectual Property (IP) — Intellektual mulk sohasi boʻyicha doktorantura bosqichida taʼlim olishni istovchi barcha talabalar uchun Herchel Smith Scholarships dasturi tashkil etilgan. Dasturda huquq sohasi boʻyicha yetarli bilim va salohiyatga ega boʻlgan barcha davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Dastur 2024-yil sentyabr oyidan boshlanadi va 3 yil davom etadi. Dastur davomida talabalar oʻqish bilan birga tadqiqot qilishlari ham kerak. Tadqiqot mavzulari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Ishtirokchilar oʻqish kontrakt toʻlovlarini toʻliq moliyalashtiriladi. Bunda talabalar akademik yuqori koʻrsatkichlarini saqlab qolishlari kerak. Shu bilan birga, dastur qatnashchilari yillik stipendiya bilan ham taʼminlanadilar.