Tavsif
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi korporativ xizmatlar boʻyicha yordamchi vazifasi uchun bitta boʻsh ish oʻrnini eʼlon qiladi. Tanlangan nomzod elchixonaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot boʻlimida operatsiyalar va korporativ xizmatlar boʻyicha ishlashi kutilmoqda. Ish toʻliq ish kuni koʻrinishida 2024-yil 21-aprelda boshlanadi va haftasiga 40 soatdan iborat.
Nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Xarid qilish:
- Ofis uchun jihozlar, xizmatlarni qoʻllab-quvvatlash va sotib olish;
- Kommunal xizmatlarni monitoring qilish va bank toʻlovlarini osonlashtirish;
- Texnik xizmat koʻrsatish guruhi uchun jihozlar va kerakli narsalarni sotib olish.
- Inventarizatsiyani boshqarish;
- Boshqa majburiyatlar:
- Mahalliy roʻyxatga olish tartib-qoidalari uchun kerak boʻlganda diplomatlarga hamrohlik qilish;
- Yangi oilaviy uy-joyga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida masʼul menejer bilan aloqa oʻrnatish;
- Mulk boʻyicha menejer bilan turar joyni toʻliq tekshirib chiqish;
- Diplomatlar kelgandan soʻng dastlabki 24 soat davomida oziq-ovqat bilan taʼminlash;
- Oilalarga hamroh boʻlgan barcha xodimlarni kutib olish;
- Diplomatlarning doʻkonlar, poliklinikalar, bolalar bogʻchalari, maktablar va boshqalardan bemalol foydalanishini taʼminlash;
- Diplomatlar va ularga hamrohlik qilayotgan oilalar bilan har oyda ijtimoiy uchrashuvlar tashkil etish;
- CS jamoasini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday vazifalarni bajarish.
Tanlangan nomzod korporativ xizmatlar jamoasining kundalik boshqaruv ishlari uchun javobgar boʻladi va korporativ xizmatlar boʻyicha mutaxassis bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari korporativ xizmatlar jamoasi tomonidan qabul qilingan xizmatlar va tovarlarni xarid qilish boʻyicha masalalarni boshqaradi va u Buyuk Britaniyadan elchixonaga tayinlangan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari va elchixonaning korporativ xizmatlar jamoasi oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.