Tavsif
Cyber Security Championship dasturi C5+1 Youth Council tomonidan tashkil etilgan bo'lib, shu yilning 11-12-dekabr kunlari Qirg'izistonning O'sh shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekistonning maktab, kollej/akademik litsey o'quvchilari va oliy oʻquv yurt talabalari ishtirok etishi mumkin.
Dastur davomida ishtirokchilar nazariy seminar va amaliy mashgʻulotlar orqali kiberxavfsizlik tushunchalari va kiberjinoyatlardan himoyalanishning innovatsion usullaridan boxabar bo'lishadi. Qolaversa, qatnashchilar kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish bo‘yicha o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini taqdim etish va o‘z jamiyatida loyihalarini amalga oshirish uchun mikrograntlar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shu bilan birga, barcha ishtirokchilarning safar xarajatlari qoplanadi va bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta'minlanadilar.