C5+1 Yoshlar Kengashi  tomonidan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan “Network Cup 2021” debat turniri
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
26 Noy, 2021 · Muddat tugagan

C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan “Network Cup 2021” debat turniri

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

C5+1 Yoshlar Kengashi AQShning Qirgʻiziston Respublikasidagi elchixonasi koʻmagida boʻlib oʻtayotgan “Network Cup 2021” C5+1 YC yillik mintaqaviy bahs-munozaralar turnirini eʼlon qiladi.

 C5+1 YC “Network Cup 2021” quyidagi mintaqaviy muammolar boʻyicha munozaralar o‘tkazish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonning yosh yetakchilarni birlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda:

  • Global aksilterrorchilik va xavfsizlik;
  • Markaziy Osiyoda biznesning raqobatbardoshligi;
  • Transport koridorini rivojlantirish;
  • Atrof-muhit muammolari va iqlim o‘zgarishi.

Tadbir onlayn va oflayn qismdan iborat bo'lib,  onlayn qism munozara, ommaviy nutq, harakat tahlili, tahliliy nutq, mantiq, tadqiqot va munozaraga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv seminarlari shaklida 2021-yil 27-noyabrdan 2-dekabrgacha bo‘lgan haftalar davomida munozara turniri oldidan Zoom orqali o‘tkaziladi. (faqat ro‘yxatdan o'tgan arizachilar uchun). Turnirning oflayn qismi 2021-yilning 4-5-dekabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi Bilimkana Amerika maktabida bo‘lib o‘tadi.

Dastur maqsadi yosh yetakchilarga notiqlik, munozara ko‘nikmalari va tanqidiy fikrlashni o‘rgatishdan iborat bo‘lib, turnir ishtirokchilarining  yo‘l va turar-joy xarajatlari qoplanadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar kollej, litsey yoki universitet talabasi bo’lishi kerak;
  • Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston yoki Turkmaniston fuqarosi bo‘lishi kerak;
  • Qabul qilingan ishtirokchilar 4- va 5-dekabrda Bishkekdagi Bilimkana Amerika maktabida bo‘lib o‘tadigan turnirda qatnasha olishlari kerak;
  • Ingliz tilida erkin gapir olishlari kerak.

Eslatma: Ariza topshirish tadbirda ishtirok etishni kafolatlamaydi. Arizalar nihoyatda ko‘p bo‘lsa, ishtirokchilarning ariza sifatlari, debat turnirlarda ishtirok  etganlik tajribalari asosida saralanib olinadi.

Ushbu havola orqali dastur bo'yicha batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • Ishtirokchilar  notiqlik, munozara ko‘nikmalari va tanqidiy fikrlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshiriladi.

Arizada quyidagi savollar so‘raladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar;
  • Oldin  debat turnirlarida ishtirok etganligi bo‘yicha tajribasi, ularda erishgan yutuqlari(150-250 ta so‘z);
  • C5+1 YC Network Cup 2021da ishtirok etishdan maqsadi(100-150 ta so‘z);

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan “Network Cup 2021” debat turniri
26 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.