Cambridge oʻquv markazi tomonidan Sergeli tumanida yashovchi yoshlar uchun 400 million soʻmlik “Sergelida ilm oʻchogʻi” taʼlim granti.
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Cambridge oʻquv markazi tomonidan Sergeli tumanida yashovchi yoshlar uchun 400 million soʻmlik “Sergelida ilm oʻchogʻi” taʼlim granti.

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Toshkentning yetakchi oʻquv markazlaridan biri Cambridge oʻquv markazi Sergeli filiali ochilishi munosabati bilan Sergelida doimiy yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan yoki nogironligi bor yoshlar uchun 50 ta grant eʼlon qiladi.

Dasturga qabul qilingan 50 nafar oʻquvchilar, 1 yil davomida “Cambridge” oʻquv markazimizda ingliz tilini bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Nomzodlar maxsus anketa va suhbat orqali saralanib olinadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda Sergeli tumanida doimiy yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan yoki nogironligi bor yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan 50 nafar oʻquvchilar 1 yil davomidaCambridge“ oʻquv markazida ingliz tilini bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2 ta bosqichdan oʻtishlari kerak:

  • 1-bosqich - Anketa. Barcha ishtirokchilar oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni kiritib, motivatsion xat yozib taqdim etishlari kerak;
  • 2-qism — Suhbat. Anketalardan eng yaxshilari tanlab olinib, suhbatga chaqiriladi va ular orasidan 50 nafari gʻolib sifatida tanlanadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Grantning muhim sanalari:

  • Anketalar 24-oktyabrdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi;
  • Anketalar 1-noyabrdan 7-noyabrgacha tahlil qilinadi;
  • Suhbat jarayonlari 8-noyabrdan 18-noyabrgacha boʻlib oʻtadi;
  • Kurslar 22-noyabrdan boshlanadi.

Murojaat uchun: 

Tel: +99871 2001115
Telegram orqali: @cambridge_call_center

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Gumanitar fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Cambridge oʻquv markazi tomonidan Sergeli tumanida yashovchi yoshlar uchun 400 million soʻmlik “Sergelida ilm oʻchogʻi” taʼlim granti.
31 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.