"Cambridge" va "Najot Ta'lim" jamoalaridan ingliz tili va IT kurslarida bepul o'qish uchun 1 mlrd 200 mln so'mlik grant
O‘zbekiston O‘zbekiston
04 May, 2022 · Muddat tugagan

"Cambridge" va "Najot Ta'lim" jamoalaridan ingliz tili va IT kurslarida bepul o'qish uchun 1 mlrd 200 mln so'mlik grant

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

«Cambridge» va «Najot Ta'lim»  jamoalari 1 mlrd 200 mln so'mlik grant e'lon qiladi.

"Najot Ta'lim" va "Cambridge" o'quv markazi o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida "Kelajak yoshlari" nomli grant loyihasiga qo'l urgan.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirida yakuniga yetuvchi ushbu xayriya aksiyasiga bu yilgi qabul davomida 60 nafar yigit-qiz saralab olish ko'zda tutilgan.

Dasturda respublikamizning istalgan hududidan bo'lgan 15-22 yosh orasidagi ehtiyojmand oila farzandlari ishtirok etishi mumkin. Ular ingliz tili, standart dasturlash va grafik dizayn bo'yicha dars oladilar.

Eslatma: Grantni tashkil etishdan hech qanday moddiy manfaat ko'zlanmagan, Xayriya maqsadida tashkil etilmoqda.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • "Kelajak yoshlari" grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 60 nafar yigit-qiz ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan, standart dasturlash va grafik dizayn yo'nalishlarini 1 yil davomida mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati beriladi.

Topshirish jarayoni

Talabgorlar “Najot Ta'lim” va “Cambridge” jamoasi a'zolari tomonidan motivatsion xat va suhbat orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar shu yilning 22-aprelidan 5-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

 "Kelajak yoshlari" loyihasi grantiga bu yerdan ro'yxatdan o'tiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

“Najot Ta'lim” markazining ma'muriyati bilan bog'lanish uchun:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 15, Max: 22

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston "Cambridge" va "Najot Ta'lim" jamoalaridan ingliz tili va IT kurslarida bepul o'qish uchun 1 mlrd 200 mln so'mlik grant
04 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.