Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Boston Consulting Group xalqaro konsalting kompaniyasi hamkorligida va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirigi, IT-park hamda Amity universiteti koʻmagida qarz oluvchilarning kredit toʻlovi qobiliyatini baholash va “defolt” holatini taxmin qilishga asoslangan model tuzish musobaqasi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi muqobil skoring modelini ishlab chiqish doirasida maʼlumotlar bilan ishlash va modellar qurish sohasidagi yosh mutaxassislarni topish, ularni stajirovkaga va keyinchalik ishga jalb qilishdan iborat.
Tanlovda 18 yoshdan katta 4-kurs talabalari, oliy taʼlim va maxsus oʻquv markazlari bitiruvchilari qatnashish vakolatiga ega. Qatnashuvchilar 18 yoshdan oshgan 3-5 kishilik jamoa tuzishlari kerak boʻladi. Dastur oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi. Tanlovda Markaziy bankning 300 000 000 soʻm miqdorida mukofot fondi belgilangan.
Tanlov 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi, tanlovda qatnashish uchun 10-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.