Tavsif
Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni oʻrganishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi boʻlib oʻtadi.
Dasturning asosiy maqsad va vazifalari:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga mazmunli va foydali maqolalar orqali Oʻzbekcha Vikipediyani sifatli maʼlumotlar bilan toʻldirish;
- Internet jahon axborot tarmogʻida korrupsiyaga qarshi kurash, halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligi tamoyillarini keng targʻib qilish hamda ushbu yoʻnalishda axborot resurslarini yaratish va ommalashtirish;
- Yoshlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, shu orqali ularning gʻoyalarini hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish;
- Gʻolib ishtirokchilarni xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihonida mutlaqo bepul ishtirok etishlarini taʼminlash.
Tanlov yakunida eng yuqori natija koʻrsatgan 30 nafar gʻolibning (test natijalari boʻyicha 25 nafar, targʻibot tanlovi natijalari boʻyicha 5 nafar) Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
Tanlov 2026-yilning 11-fevralidan 21-fevraligacha davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.