Tavsif
Adminstrative Student Programme 2025-2 dasturi bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun Shveysariyaning Jeneva shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturini e’lon qiladi. Amaliyot 2 oydan 12 oygacha davom etadi. Dasturda tarjima, inson resurslari, ilg‘or kotiblik ishi, biznes boshqaruvi, logistika, huquq, moliya, buxgalteriya hisobi, kutubxona va axborot fanlari, muhandislik boshqaruvi, fan kommunikatsiyasi, ta’lim, audiovizual, kommunikatsiya va ommaviy aloqalar, psixologiya, audit va shu kabi sohalarda tahsil olayotgan bakalavr yoki magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilini bilishlari lozim. Nomzodlarning barcha xarajatlari dastur ma’muriyati tomonidan qoplanadi, shuningdek, 3452 Shveysariya franki ($3780) miqdorida oylik stipendiya beriladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 3-mart, O‘zbekiston vaqti bilan 4-mart soat 03:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.