Tavsif
"Chegara bilmas qoʻshiqlar" Xalqaro yozuvchilik tanlovi — Fransiyaning Chansons sans Frontières tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tanlovning 19-mavsumi eʼlon qilindi. Tanlovda istalgan davlat fuqarosi oʻzi yozgan qoʻshiq matni (sheʼri) bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning 19-mavsumi uchun “WHAT IF THE EARTH SANG?” mavzusi tanlangan. Qoʻshiq har bir ishtirokchining ijodkorlik qobiliyati va tasavvuridan kelib chiqqan holda yozilishi mumkin. Qoʻshiq matni fransuz tilida boʻlishi va 15-dekabrgacha onlayn tarzda yuborilishi kerak.
20 yoshdan katta boʻlgan ishtirokchilar orasidan First Prize va Second Prize mukofoti egalari tanlab olinadi.
20 yoshdan kichik boʻlgan ishtirokchilar orasidan 1st va 2nd Young Audience Prize mukofoti egalari tanlab olinadi.
Tanlov shartlari va qoidalari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.