Yoshlar Ishlari Agentligi va Yosh tadbirkor loyihasi hamkorligida o’quv markazlar tashkil etish uchun "Imkoniyat" grant loyihasi. 70 ta eng yaxshi loyihaga 50 mln so'mgacha mablag' ajratiladi
O‘zbekiston O‘zbekiston
25 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Yoshlar Ishlari Agentligi va Yosh tadbirkor loyihasi hamkorligida o’quv markazlar tashkil etish uchun "Imkoniyat" grant loyihasi. 70 ta eng yaxshi loyihaga 50 mln so'mgacha mablag' ajratiladi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi, Mikrokreditbank hamda Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligidagi "Imkoniyat" loyihasida ishtirok etib ta'lim biznesi uchun 0% li investitsion (ssuda) mablag'ni qo'lga kiriting.

"Imkoniyat" O'zbekiston bo'ylab xususiy ta'lim biznesini boshlamoqchi bo'lgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar va yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash loyihasidir. Loyihaga faqat belgilangan talablarga mos keladigan loyihalar qabul qilinadi.

Dastlabki bosqichda loyihalar ichidan ekspertlar tomonidan maqul deb topilgan eng yaxshi 70 ta loyihaga 50 mln. so'mgacha 0%li (ssuda) mablag' ajratiladi. Loyihalarni tanlashda biznes reja bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoa, ta'lim biznesining maqsadlari, hayotiyligi, hududi va boshqa shu kabi amaliy jarayonlarga qarab tanlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • O'zbekiston bo'ylab xususiy ta'lim biznesini boshlamoqchi bo'lgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar va yosh tadbirkorlar qatnashishlari mumkin;
  • Zamonaviy kasblarni o'rgatishga mo'ljallangan barcha ta'lim loyihalari qo'llab-quvvatlanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng yaxshi deb topilgan 70 ta loyihaga 50 mln so'mgacha 0%li (ssuda) mablag' ajratiladi.

Topshirish jarayoni

Loyiha nizomi bilan tanishib chiqish bu yerda.

“Imkoniyat” granti uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish 26-sentyabrgacha davom etadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Murojaat uchun:
+998 (94) 600 41 95

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi va Yosh tadbirkor loyihasi hamkorligida o’quv markazlar tashkil etish uchun "Imkoniyat" grant loyihasi. 70 ta eng yaxshi loyihaga 50 mln so'mgacha mablag' ajratiladi
25 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.