Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
07 Okt, 2025 · Muddat tugagan

Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Chevening stipendiyasi bu — magistratura bosqichini 1 yil davomida Buyuk Britaniya universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi dastur. Ushbu dastur butun dunyodan kelgan va oʻz karyerasini boshlayotgan professionallarga bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Dastur gʻoliblariga barcha xarajatlar: oʻqish puli, Britaniyaga borish-kelish xarajatlari, oylik stipendiya va sugʻurta qoplab beriladi. Shuningdek, stipendiya doirasida oʻtkaziladigan barcha tanlovlarga qatnashish xarajatlari ham qoplab beriladi.

Chevening granti butun dunyodagi eng nufuzli grant dasturlaridan biri boʻlib, unga eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlarda kuzatilayotgan umumiy xatolar va ularni bartaraf qilish haqida koʻrsatamalar bilan bu yerda tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Chevening grantini berishga munosib deb topilgan davlatlar roʻyxatida boʻlish (Oʻzbekiston bu roʻyxatga kiradi);
  • Kamida 2 yillik (2800 soatga teng) ish tajribasiga ega boʻlish (toʻliq stavka, yarim stavka, volontyorlik soatlari barchasi kiradi. Oʻqish davomida olingan ish tajribasi hisobga olinmaydi. Batafsil bu yerda oʻqib olish mumkin);
  • Dastur tugaganidan kamida 2 yildan keyin oʻz Vataniga qaytish;
  • Bakalavr bosqichida aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi va ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi soʻraladi;
  • 2 ta tavsiyanoma va akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish kerak;
  • Oldin Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan stipendiya gʻolibi boʻlganlar qayta qatnasha olmaydilar;
  • Kamida 3 ta Buyuk Britaniya universitetlari kurslariga roʻyxatdan oʻtib ulardan ijobiy javoblar olgan boʻlish lozim. Bunda 3 ta turli xil universitetdan bir-biriga yaqin sohaga aloqador boʻlgan kurslarni olish yoki bitta universitetdan 3 ta kurs olib oʻqish mumkin.

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Eslatma: oldin magistrlik darajasini olganlar ham dasturda qatnashishi va yana bir marta magistraturada oʻqish uchun ariza berishi mumkin. Buning uchun faqat nega qayta oʻqimoqchiligining sababini ochib bera olishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida oʻqish uchun kontrakt puli qoplab beriladi. 3 tagacha universitet ixtiyoriy tanlanadi;
  • Yashash xarajatlari toʻla qoplab beriladi (oylik stipendiya beriladi);
  • Safar xarajatlari toʻlab beriladi (ekonom klassda) va viza masalalarida alohida yordam beriladi;
  • TB testi talab qilinsa, 75 funt-sterlinggacha qoplab beriladi;
  • Gʻoliblar butun umr Chevening jamiyati aʼzosi sifatida qoladi va unga doir tadbirlarga taklif qilib turiladi.

Dastur imtiyozlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Kerakli hujjatlar:

  1. 2 ta tavsiyanoma xati beruvchisining ism-familiya va kontakt maʼlumotlari. Agar nomzod intervyuga taklif qilinsa, intervyu oldidan tavsiyanomalarni ariza tizimiga yuklash yoki ularni bevosita Chevening jamoasiga topshirish kerak boʻladi. (Tavsiyanoma xatiga qoʻyilgan talablar bu yerda).
  2. Diplom va baholar tarjimasi (transcripts);
  3. Leadership haqida essay
  4. Relationship building and maintenance haqida essay;
  5. Study plan haqida essay;
  6. Career plan haqida essay. 

Har bir essay 300 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

  • Ariza topshirish ushbu havola orqali 2025-yil 6-avgustda boshlanadi.
  • Ushbu havola orqali nomzod oʻz davlatini tanlab roʻyxatdan oʻtishi kerak;
  • Roʻyxatdan oʻtish 2025-yil 7-okytabr soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) davom etadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Batafsil maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqish uchun havolalar:

  • Qabul jarayoni haqida batafsil bu yerda;
  • Kurslar haqida batafsil bu yerda;
  • Aynan qaysi kurslarni tanlash boʻyicha koʻrsatma bu yerda;
  • Tez-tez so'raladigan savollarga (FAQs) javoblar bu yerda;
  • Dasturga topshirish uchun 2 yillik ish tajribasi soʻraladi. Ish tajribasiga qoʻyilgan shartlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Muhim  sanalar:

  1. 2025-yil oktyabridan 2026-yil yanvarigacha stipendiya shartlariga toʻliq muvofiq kelgan nomzodlar saralab olinadi;
     
  2. 2025-yil noyabr oyi oʻrtalaridan dekabrgacha Mustaqil qoʻmitalar barcha topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqib keyin ularni Britaniya kengashlari va elchixonalariga qaytib yuborishadi;
     
  3. 2026-yil fevral oyi o’rtalarida tanlab olingan nomzodlarga xabar beriladi va Elchixonaga intervyuga taklif qilinadilar. Intervyudan qanday oʻtish haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin;
     
  4. 2026-yil martda intervyudan oʻtgan nomzodlardan 2 ta tavsiyanoma va oʻqish joylari haqida maʼlumot berishlari soʻraladi. Batafsil bu yerda tanishish mumkin.
     
  5. 2026-yil martdan aprelgacha shu jarayongacha yetib kelgan barcha nomzodlar Britaniya elchixonalari tomonidan intervyu qilinadi;
     
  6. 2026-yil iyun oylarining boshida natijalar eʼlon qilinadi;
     
  7. 2026-yil 9-iyul 21:00 gacha nomzod oʻzi tanlagan Britaniya universitetlaridan birining kurslariga qabul qilingan boʻlishi soʻraladi;
     
  8. 2026-yil sentabr-oktabr oylarida Chevening stipendiya gʻoliblari oʻqishlarini Britaniyada davom ettirishadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati
07 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.