Tavsif
Chexiyaning Charlz universiteti dunyo universitetlari orasida QS Rankingga ko'ra 246-o'rinda turuvchi nufuzli universitet hisoblanadi. Universitet kompyter lingvistikasi yo'nalisida grant asosida o'qish uchun talabalarga Computational Linguistics Scholarship dasturini e'lon qiladi. Ushbu grantga ega bo‘lish uchun Charles universitetining matematika va fizika fakultetining
Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistratura yo'nalishiga ariza topshirish kerak.
Yo'nalishda o'qish uchun esa umumiy talablarga mos keluvchi barcha ariza berishi mumkin. Dastur to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘tadi. Dastur davomiyligi - 2 yil.
Grantga ega bo'lganlar kontrakt to‘lovidan ozod qilinadilar hamda stipendiya bilan ta'minlanadilar.
Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.