Tavsif
Chexiya Respublikasi Prague Mathematics Tuition Fee Scholarships (PMTFS) grantini eʼlon qiladi. Grant Charlz Universitetining “Matematika va fizika” fakulteti magistratura bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan. Dasturda 8 yoʻnalishdan birida oʻqish imkoni mavjud va har bir yoʻnalish uchun 2 tagacha nomzod qabul qilinadi. Magistratura bosqichida oʻqish 2 yil davom etadi.
Dastur uchun ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichi va istiqomat qiladigan davlatiga qarab 4,200 yevrodan 21,600 yevrogacha mablagʻ ajratiladi. Yaʼni grantni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi. Universitetning magistratura bosqichiga alohida, grant uchun alohida ariza topshiriladi. Grant uchun ham universitet uchun ham ariza qabul qilish jarayoni 2026-yil 30-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.