Chizishdan Jahon kubogi avtobusigacha—FIFA rasmlar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Chizishdan Jahon kubogi avtobusigacha—FIFA rasmlar tanlovi

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

FIFA tomonidan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “Sening ishing, sening jamoang, sening avtobusing” shiori ostida tanlov eʼlon qilinadi. Tanlov gʻoliblarining chizgan rasmlari FIFA WORLD CUP 26 Jahon Chempionatida terma jamoalar foydalanadigan avtobuslarga chiziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun bolalar ota-onasi yoki qonuniy vasiyga tegishli elektron pochta orqali roʻyxatdan oʻtishi va ularning maʼlumotlarini kiritishi zarur. Tanlov fotosuratlarida bolalar “oʻz jamoasi gol kiritganda muxlislarning quvonchi”ni tasvirlashi zarur. Tanlovda har bir davlatdan faqat bir nafar bola gʻolib boʻlishi mumkin. Gʻoliblar rasmlardagi ijodiy yondashuv va tanlov mavzusi qanchalik yaxshi aks ettirilganiga koʻra aniqlanadi.

Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • 12 yoshdan oshmagan boʻlish lozim;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun bolalar ota-onasi yoki qonuniy vasiyga tegishli elektron pochta orqali roʻyxatdan oʻtishi va ularning maʼlumotlarini kiritishi zarur;
  • Tanlov fotosuratlarida bolalar “oʻz jamoasi gol kiritganda muxlislarning quvonchi”ni tasvirlashi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻoliblarining chizgan rasmlari FIFA WORLD CUP 26 Jahon Chempionatida terma jamoalar foydalanadigan avtobuslarga chiziladi.
  • Shuningdek, gʻoliblar futbol boʻyicha Jahon Chempionati-2026 bahslarini maydondan tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish jarayoni quyidagicha:

  1. fifa.comda roʻyxatdan oʻtiladi va chizma uchun rasmiy asosni yuklab olinadi;
  2. Bola asosga rasmni chizadi;
  3. Rasm vasiy tomonidan imzolanadi;
  4. Chizma skaner qilib yoki rasmga olinib, betherewithhyundai@fifa.org manziliga yuboriladi.

Eslatma! Yuboriladigan ishlar PDF, JPG, HEIC yoki PNG formatida boʻlishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovda har bir davlatdan faqat bir nafar bola gʻolib boʻlishi mumkin. Gʻoliblar rasmlardagi ijodiy yondashuv va tanlov mavzusi qanchalik yaxshi aks ettirilganiga koʻra aniqlanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 5, Max: 12

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Chizishdan Jahon kubogi avtobusigacha—FIFA rasmlar tanlovi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.