Coca Cola kompaniyasidan bakalavr 3-4-kurs talabalari uchun kasbiy malakalarni rivojlantirishga mo'ljallangan onlayn Yoshlar Akademiyasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 May, 2022 · Muddat tugagan

Coca Cola kompaniyasidan bakalavr 3-4-kurs talabalari uchun kasbiy malakalarni rivojlantirishga mo'ljallangan onlayn Yoshlar Akademiyasi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Coca Cola kompaniyasi oʻzining hamkorlari boʻlmish Istanbulda joylashgan Bosfor universiteti (Amerika oliy taʼlim muassasasi), ASYOU (Azarbayjon), IDF (Qozogʻiston) va ZIYO forum (Oʻzbekiston) tashkilotlari bilan birgalikda 2022-yilning yoz mavsumi uchun Yoshlar Akademiyasini tashkil etmoqda.

Akademiya bakalavrning oxirgi ikki kurs talabalarini qamrab olishni koʻzlagan. 6 haftalik onlayn seminarlar davomida marketing, menejment biznes, xodimlar va mijozlar bilan muloqot qilish madaniyati, karyerani boshlash boʻyicha turli darslar berib boriladi.

Dars jadvali hamda oʻtiladigan fanlar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Darslarni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat hamda Coca Cola kompaniyasida amaliyot oʻtash imkoniyati ham beriladi.

Darslarning boshlanish sanasi: 30-may.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Onlayn kursda hozirda bakalavrning oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini bilish so'raladi (sertifikat majburiy emas);
  • Onlayn darslarga muntazam qatnasha olishi kerak;
  • Yangi bilimlarni o'zlashtirishga qizuvchanligi yuqori bo'lishi lozim.

Dastur talablari bilan rasmiy manbada batafsil tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Coca-Cola xodimlari va xalqaro professorlar tomonidan 6 haftalik bepul onlayn veb-seminarlar;
  • Ruhlantiruvchi adabiy suhbatlar;
  • Chinakam biznes muhitiga tushish;
  • Darslarni yakunlaganlik haqida sertifikat;
  • Sara qatnashchilar uchun Coca Cola kompaniyasida amaliyot

Va yana koʻplab qiziqarli imkoniyatlar dastur doirasida taqdim etiladi.

Topshirish jarayoni

Qatnashish uchun mana bu yerdagi maxsus google soʻrovnomani toʻldirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Har bir sessiya uchun taklifnoma ishtirokchilarning elektron pochtasiga yuboriladi. Shuning uchun qatnashish istagida boʻlganlardan pochta manzilini aniq yozish soʻraladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Coca Cola kompaniyasidan bakalavr 3-4-kurs talabalari uchun kasbiy malakalarni rivojlantirishga mo'ljallangan onlayn Yoshlar Akademiyasi
28 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.