“Sportli dasturlash” tanlovi uchun qo'yilgan qo'yilgan talablar:
- Barcha havaskor dasturchilar qatnashishi mumkin.
“Eng yaxshi ommabop videokontent” tanloviga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyati hududida faoliyat olib borayotgan erkin ijodkorlar (bloger, vayner va boshqalar) hamda havaskor fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilar telegram botga kiberjinoyatlarni oldini olish va aholini ogohlikka chaqiruvchi 2-3 daqiqalik videokontent (videolavha)lar yuborishlari lozim;
“Eng yaxshi monolog” tanloviga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyatining taʼlim muassasalari oʼquvchi-yoshlari hamda ijodiy faoliyat bilan shugʼullanuvchi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilar telegram botiga kiberjinoyatlarni oldini olish va aholini ogohlikka chaqiruvchi 2-3 daqiqalik videokontent (videolavha)lar yuborishlari lozim/
“Eng yaxshi insho” tanloviga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyatida joylashgan umumta'lim muassasalarining yuqori sinf (5-11 sinf) o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin;
- Insholar internet tarmog'idan va mobil telefon qurilmalaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, virtual o'yinlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi mavzuda 3-4-betdan kam bo'lmagan holda o'zbek va rus tillarida yozilib, elektron shaklda telegram botga yuborilishi lozim.
“Eng yaxshi she'r” tanloviga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyati taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari va erkin ijodkor fuqarolar qatnashishi mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilar telegram boti orqali kiberjinoyatlarni oldini olish va aholini ogohlikka chaqiruvchi 2-3 daqiqalik videokontent (videolavha)lar yuborishlari lozim.
“Bank kartasi kodini hech kimga bermayman” shiori ostidagi tanlovga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi katta yoshli aholi vakillari, nafaqaxo'rlar ishtiroki ishtirok etishi mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilar telegram botiga kiberjinoyatlarni oldini olish va aholini ogohlikka chaqiruvchi 2-3 daqiqalik videokontent (videolavha)lar yuborishlari lozim.
“Internet tarmogʼidan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida tanlovga qo'yilgan talablar:
- Tanlovda faqat Samarqand viloyatining ijtimoiy soha vakillari: o'qituvchi-pedagoglar, tibbiyot xodimlari ishtirok etishi mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilar telegram botga kiberjinoyatlarni oldini olish va aholini ogohlikka chaqiruvchi 2-3 daqiqalik videokontent (videolavha)lar yuborishlari lozim bo'ladi.
Muhim: G'olib va sovrindorlar ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi.