Toshkentda kiberxavfsizlik boʻyicha 2 kunlikbepul trening dasturi - CyberSafe
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
07 Sen, 2025 · Muddat tugagan

Toshkentda kiberxavfsizlik boʻyicha 2 kunlikbepul trening dasturi - CyberSafe

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

C5+1 Youth Council va AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilayotgan CyberSafe: Digital Security & Awareness Program bu talabalarning raqamli xavfsizlik salohiyatini oshirish hamda ularni masʼuliyatli raqamli yetakchi sifatida shakllantirishni maqsad qilgan dastur hisoblanadi. 

Dasturda ingliz tilida soʻzlasha oladigan, Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida istiqomat qiluvchi 30 talaba 2025-yilning 20-21-sentyabr kunlari Oʻsh shahrida hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 30 talaba 2025-yilning 4-5-oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan ikki kunlik seminarlar va musobaqalarda bepul qatnashadi. Dastur davomida ishtirokchilar kiber xavflarni payqash va bartaraf etish sirlarini oʻrganadi.

Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 7-sentyabrgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Qirg'izistonning O'sh shahrida istiqomat qiluvchi talabalar O'shdagi tadbir, hozirda O'zbekistonning Toshkent shahrida istiqomad qiluvchi talabalar esa Toshkent shahrida bo'ladigan tadbirga ariza topshirishlari lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak;
  • Raqamli xavfsizlik (digital security)ga kuchli qiziqishi bo'lgan nomzodlar qatnashishlari mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar kiber xavflarni payqash va bartaraf etish sirlarini oʻrganishadi;
  • Muhim xavflar va himoya strategiyalarini haqiqiy hayot misollaridan foydalanib bartaraf etish mashq qilinadi;
  • Jamoaviy darslar va kiberxavfsizlik bellashuvlarida bepul qatnashish mumkin boʻladi.

Muhim! Ishtirokchilarning yoʻl xarajatlari qoplab berilmaydi. Dastur moliyalashtirilmaydi. Yaʼni, ishtirokchi Oʻsh shahrida boʻladigan dasturga ariza topshirgan boʻlsa, darslarga kelish uchun yoʻl xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak. Toshkentda ham xuddi shunday.

Topshirish jarayoni

Qatnashchilar kerakli ariza shaklini tanlab, berilgan savollarga javob yozishlari kerak boʻladi. Toshkent va Oʻsh shahriga ariza topshirish uchun alohida ariza shakllari mavjud. Arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 7-sentyabr, Bishkek vaqti bilan 23:59, Oʻzbekiston vaqti bilan esa 22:59 gacha davom etadi.

Toshkent shahridagi dasturga qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish mumkin.

Oʻsh shahridagi dasturga qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Toshkentda kiberxavfsizlik boʻyicha 2 kunlikbepul trening dasturi - CyberSafe
07 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.