Tavsif
DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) bakalavr bosqichini tugatgan yoki uning soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan barcha talabalarga 2026-2027-yillarda Germaniya universitetlarining magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirish uchun moʻljallangan “Study Scholarships — Master Studies for All Academic Disciplines” grant dasturini taqdim etadi.
Dastur tanlangan kurs davomiyligiga qarab 10 oydan 2 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada bepul oʻqish bilan birga, oylik stipendiya va turar joy bilan ham taʼminlanadilar
Dastur doirasida musiqa, amaliy sanʼat/kino/dizaynerlik, arxitektur, aktyorlik yoʻnalishidan boshqa (chunki bu yoʻnalishlar uchun alohida DAAD grantlari mavjud) barcha yoʻnalishlar doirasida ariza berish mumkin.
Dasturga qabul har yili 31-oktabrga qadar davom etadi.
Dastur boʻyicha umumiy maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: