Tavsif
DAAD tashkiloti tomonidan magistratura bosqichini Germaniyada davom ettirishni xohlovchi rivojlanayotgan davlat fuqarolari uchun Helmut-Schmidt-Programme Masterʼs Scholarships dasturi tashkil etilgan. Dastur 2027-yilning sentabr/oktabr oylarida boshlanadi.
Dasturdan koʻzlangan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda boshqaruv tizimi va fuqarolik jamiyati tuzilmalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Dastur ijtimoiy boshqaruv, iqtisodiyot, siyosat va huquq sohalariga aloqador quyidagi 7 xil magistrlik kurslarida bepul oʻqish imkoniyatini taqdim etadi:
- Social Protection Systems — Hochschule Bonn-Rhein-Sieg;
- Master of Development and Governance — University of Duisburg-Essen.
- Master of Public Policy (MPP) — University of Erfurt, Willy Brandt School of Public Policy;
- Peace and Conflict Studies (PACS) — Otto von Guericke University Magdeburg, Faculty of Humanities, Social Science & Education;
- Master of Management in Nonprofit-Organisationen — University of Applied Sciences Osnabrück, Faculty of Business Management and Social Sciences;
- Master of Governance and Public Policy — University of Passau, Faculty of Arts of Humanities;
- Development Studies — University of Passau The Faculty of Arts and Humanities.
Barcha kurslar ingliz tilida olib boriladi. Stipendiyachilar dastur koordinatorlari tomonidan oʻqish davomida qoʻllab-quvvatlanadi, shuningdek maxsus seminar va tarmoq tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: