DAAD Helmut-Schmidt-Programme — Germaniyada davlat boshqaruvi magistraturasi uchun toʻliq grant
Germaniya Germaniya

DAAD Helmut-Schmidt-Programme — Germaniyada davlat boshqaruvi magistraturasi uchun toʻliq grant

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

DAAD tashkiloti tomonidan magistratura bosqichini Germaniyada davom ettirishni xohlovchi rivojlanayotgan davlat fuqarolari uchun Helmut-Schmidt-Programme Master's Scholarships dasturi tashkil etilgan.

Dasturdan koʻzlangan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda boshqaruv tizimi va fuqarolik jamiyati tuzilmalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Dastur ijtimoiy boshqaruv, iqtisodiyot, siyosat va huquq sohalariga aloqador quyidagi 7 xil magistrlik kurslarida bepul oʻqish imkonini beradi:

  • Social Protection — Hochschule Bonn-Rhein-Sieg;
  • Development and Governance — University of Duisburg-Essen;
  • Public Policy — Willy Brandt School of Public Policy, University of Erfurt;
  • Peace and Conflict Studies — University of Magdeburg;
  • Good Governance and Global Health — University of Heidelberg;
  • Political Science — University of Kiel;
  • International Criminal Justice — University of Göttingen.

Dastur Germaniya Federal Tashqi Ishlari Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi va rivojlanayotgan hamda oʻtish iqtisodiyotli davlatlardan kelgan yuqori malakali abituriyentlarga Germaniyaning nufuzli universitetlarida magistr darajasini qoʻlga kiritish imkonini beradi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekiston ushbu davlatlar qatorida mavjud;
  • Nomzodlar ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz va/yoki nemis tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etiladi hamda til bilish darajasi talabi tanlagan magistrlik kursiga qarab farq qiladi;
  • Oʻz davlatining ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishga tayyorlik va motivatsiya koʻrsatilishi kerak;
  • Dastur tugaganidan soʻng nomzodlar oʻz mamlakatiga qaytib, olingan bilimlarni amalda qoʻllash majburiyatini oladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dastur davomida ishtirokchilar Germaniyaning nufuzli 7 oliygohining magistratura kurslaridan birida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va 992 yevro miqdoridagi oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • Safar xarajatlari qoplanadi va tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi;
  • Oʻqish va tadqiqot ishlari xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi;
  • Tadqiqot va seminar ishtirok xarajatlari uchun qoʻshimcha nafaqa beriladi;
  • Dastur davomida nemis tili kurslari bepul taklif etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun tegishli universitetlarning berilgan 7 ta magistrlik kurslaridan ikkitasiga ariza topshirish imkоni mavjud.

Kerakli hujjatlar:

  • Checklist form, yaʼni hujjatlar topshirilganligini tasdiqlovchi hisobot;
  • Toʻldirilgan ariza shakli;
  • 2 sahifadan oshmagan motivatsion xat;
  • CV (Europass formatida);
  • Bakalavr diplomining tasdiqlangan nusxasi va akademik transkrip;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL yoki nemis tili sertifikati);
  • 2 ta tavsiya xati (professor yoki ish beruvchidan).

Ariza tegishli universitetning qabul komissiyasiga bevosita yuboriladi. Universitetlar bilan bogʻlanish uchun Additional Info boʻlimidagi kontaktlardan foydalaning.

Muhim: Har bir universitetning oʻziga xos qoʻshimcha talablari boʻlishi mumkin. Ariza topshirishdan oldin tanlangan universitetning rasmiy veb-saytini tekshirib chiqish tavsiya etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tashkilotchilar bilan bogʻlanish:

Qoʻshimcha ma'lumot: Dastur haqida tez-tez beriladigan savollar va javoblar DAAD rasmiy saytining ushbu sahifasida mavjud.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Daraja

    Magistratura

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash, Stipendiya

  • Format

    Offlayn

  • Davomiylik

    Uzoq (1-2 yil)

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

  • Soha

    Ijtimoiy xizmat, Huquqshunoslik va qonunchilik, Iqtisodiyot, Xalqaro taraqqiyot, Xalqaro aloqalar, Siyosatshunoslik, Davlat siyosati

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

Germaniya DAAD Helmut-Schmidt-Programme — Germaniyada davlat boshqaruvi magistraturasi uchun toʻliq grant
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.