Tavsif
Germaniyaning nufuzli DAAD tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Postgraduate Studies in the Field of Architecture” stipendiyasi 2023-2024-yillarda arxitektura va unga aloqador yoʻnalishlar boʻyicha magistratura va undan keyingi qisqa kurslarni Germaniyada oʻqish istagida boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan.
Dasturda ijtimoiy va akademik jihatdan faol, ingliz yoki nemis tilini biluvchi, arxitektura yoʻnalishi boʻyicha yetarli bilimga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Dastur davomiyligi tanlangan universitetning oʻquv muddatiga bogʻliq. Lekin odatda quyidagicha davom etadi:
- Magistratura bosqichi — 10-24 oy. Bunda darslar odatda 1-oktyabrdan boshlanadi. 1-oʻquv yili yakunida talabalarning oʻzlashtirish natijasi talab darajasiga javob bersagina kelgusi yilda ham stipendiya olish imkoniga ega boʻladi;
- Qisqa qoʻshimcha kurslar - 1 akademik yil. Bunda ham darslar 1-oktyabrdan boshlanadi. Lekin oʻqitish tili nemis tili boʻlgan kurslar ertaroq boshlanishi mumkin. Bunday kurslar hech qanday daraja yoki diplom bilan taʼminlamaydi.