Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi
Daniya Daniya
31 Avg, 2024 · Muddat tugagan

Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Daniyaning Kopengagen universiteti Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy hududi yoki Shveysariyadan tashqarida istiqomat qiladigan fuqarolar uchun the Danish Government Scholarship dasturini eʼlon qiladi. Grant asosan yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga taqdim etiladi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar Kopengagen universitetidagi yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi lozim. Shundan soʻng, ular avtomatik ravishda the Danish Government Scholarship granti ishtirokchisi sifatida koʻrib chiqiladi, yaʼni grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Dastur doirasida talabalarning kontrakti toʻliq yoki qisman qoplab beriladi, shuningdek, kundalik xarajatlariga yetadigan miqdorda pul toʻlanadi.

Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 1-sentyabrga qadar davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Nomzodlar Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy hududi yoki Shveysariyadan tashqarida istiqomat qilishlari lozim;
  • Kopengagen universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinishi kerak;
  • Nomzodlardan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi IELTS yoki TOEFL sertifikati talab qilinadi, sertifikat darajasi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi;
  • Nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari lozim, chunki saralash jarayonida asosan shunga eʼtibor qaratiladi;
  • Dasturda Daniya fuqarolari bilan huquqiy muammolari boʻlgan, aynida damda yoki vaqtinchalik Daniyada, Yevropa Ittifoqi hududida istiqomat qilayotgan fuqarolar qatnasha olmaydilar.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur doirasida talabalarning kontrakti toʻliq yoki qisman qoplab beriladi;
  • Kundalik xarajatlariga yetadigan miqdorda pul beriladi;

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashish uchun nomzodlar Kopengagen universitetidagi yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi lozim. Shundan soʻng, ular avtomatik ravishda the Danish Government Scholarship granti ishtirokchisi sifatida koʻrib chiqiladi, yaʼni grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 1-sentyabrga qadar davom etadi.

Eslatma! Ariza topshirish uchun badal puli mavjud. Dastur natijalari 2024-yil 1-dekabrgacha eʼlon qilinadi. Nomzodlar kelgan xabarga “yes” yoki “no thanks” deb javob qaytarishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olishimiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Daniya Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi
31 Avg, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.