Tavsif
Daniya davlati maktabni a’lo baholarga tugatgan talabalarga bakalavr bosqichida o‘qish uchun 2013-yilda tashkil qilingan jahon ilm-fan sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xalqaro Lifeasapa Scholarship dasturini taqdim etadi. Ishtirokchilar Daniya universitetlarining texnika bakalavr dasturlarida tahsil olib chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Lifeasapa Scholarship kontrakt to‘lovini to‘liq qoplash yoki bir qismini qoplash hamda oylik stipendiya kabi 3 xil shaklida grant dasturini taqdim etadi. Nomzodlar akademik yutuqlari asosida tanlanadi va stipendiya miqdori o‘rta maktabni oxirgi kursidagi yutuqlari bo‘yicha belgilanadi.