Dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturi — Startap boost Uzbekistan
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturi — Startap boost Uzbekistan

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

Oʻzbekiston boʻylab dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturi — Startap boost Uzbekistan taqdim etiladi.

Startup Boost Uzbekistan – Nationwide Acceleration Program & Demo Day — bu 1 oylik akseleratsiya dasturi boʻlib, istiqbolli startaplarni mahalliy va xalqaro bozorlarga tayyorlashga, ularning biznes modelini rivojlantirishga va investorlar oldida taqdimotga tayyorlashga qaratilgan.

Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 4 haftalik onlayn va oflayn treninglar;
  • Bozorga chiqish, taqdimot tayyorlash, moliyaviy modellashtirish va boshqa mavzularda sessiyalar;
  • Haftalik fikr-mulohaza va ekspertlar bilan murabbiylik mashgʻulotlari;
  • Investorlar va OAV ishtirokidagi yakuniy “Demo Day”.

Dastur davomida ekspertlar tomonidan treninglar oʻtkaziladi va murabbiylik yordami beriladi. Bundan tashqari Toshkentda boʻlib oʻtadigan yakuniy “Demo Day” davomida investorlar oldida taqdimot oʻtkazish mumkin.

Eng yaxshi 3 ta startap pul mukofotlari va investitsiya olish imkoniyatiga ega boʻladi. “Demo Day” Toshkentda oflayn formatda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda butun Oʻzbekiston boʻylab faoliyat yuritayotgan va kengayishni, shuningdek, investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan dastlabki bosqichdagi startaplar qatnashishi mumkin;
  • Startaplar quyidagi yoʻnalishlarda taqdim etilishi kerak:
    • Fintech;
    • EdTech;
    • AgriTech;
    • HealthTech;
    • E-commerce;
    • SaaS;
    • Social Impact va boshqalar.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Ekspertlar tomonidan 4 haftalik onlayn va oflayn treninglar olib boriladi;
  • Dastur yakunida investorlar oldida taqdimot oʻtkazish imkoniyati;
  • Eng yaxshi 3 ta startap dastlabki bosqichda investitsiya oladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Startap nomi;
  • Startap haqida qisqacha maʼlumot (3-4 gapdan iborat);
  • Startapning vebsayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (agar mavjud boʻlsa);
  • Startap yoʻnalishi;
  • Startap bosqichi (Gʻoya/MVP bor, foydalanuvchilar yoʻq/MVP va foydalanuvchilar bor/Bozorga chiqqan, daromad bor);
  • Ilgari investitsiya jalb qilingan yoki qilinmagani;
  • Startap taqdimot faylini yuklanadi. Fayl turi: PDF, PPTX. Maksimal fayl hajmi: 100MB.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 25-aprel, 2025-yil.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturi — Startap boost Uzbekistan
24 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.