Tavsif
Dasturchilar uchun Google tomonidan 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan “Google Code Jam” musobaqasi. Tanlov davomida ishtirokchilarga maʼlum bir vaqt belgilanadi va ushbu vaqt davomida ular bosqichma-bosqich algoritmik masalalarni yechishlar soʻraladi. Masalalarni yechish davomida istalgan dasturlash tilidan foydalanishga imkoniyat beriladi.
Roʻyxatdan oʻtish 1-mart kuni 23:59 da boshlanadi va 3-aprel 23:59 gacha davom etadi.
Tanlovda qatnashish uchun ushbu havola orqali kirish mumkin.
Oldingi yillarda berilgan masalalar va ularga yechimlar, tahlillari haqida bu yerda batafsil keltirib oʻtilgan. Tanlov boshlanishidan avval oʻtgan yillardagi savollar va ularning javoblari bilan tanishib chiqish ushbu tanlov haqida u yerda tushadigan masalalar boʻyicha toʻliq maʼlumot olishga yordam beradi.