Dasturchilar uchun xalqaro mentorlik dasturi — Google Summer Code 2026

Dasturchilar uchun xalqaro mentorlik dasturi — Google Summer Code 2026

  • 16/03/2026 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 31/03/2026 23:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dasturchilar uchun mentorlik oʻtiladigan xalqaro dastur — GSoC 2026 (Google Summer Code) taqdim etiladi.

Dastur soha boʻyicha haqiqiy tajriba orttirish va yangi koʻnikmalarni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat beradi. Dastur davomida ishtirokchilar mentorlar rahbarligida kod yozadilar va loyiha ustida ishlaydilar.

Xalqaro dasturning asosiy maqsadlari:

  • Yangi dasturchilarni loyihalarda qatnashishga ragʻbatlantirish;
  • Yangi dasturchilarni topish va ularni jalb qilish;
  • Dasturiy taʼminot ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
  • Yangi dasturchilarni haqiqiy tajribaga oʻrgatish.

Dasturga 2026-yil 25-may kuni start beriladi va toʻliq onlayn shaklda oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun: Google Summer of Code (GSoC) — bu global va onlayn dastur boʻlib, maqsadi yangi ishtirokchilarni ochiq kodli dasturiy taʼminot ishlab chiqishga jalb qilishdir. Ushbu dastur davomida ishtirokchilar tashkilot bilan mentorlar rahbarligi ostida 12 haftalik yoki undan ortiq muddatdagi dasturlash loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • 18 yosh va undan katta boʻlish kerak;
  • Talabalar yoki endigina ochiq kodli dasturlarda (open source) ish boshlayotganlar (2 yildan kam tajribaga ega boʻlganlar) qatnashishi mumkin;
  • Nomzod yashayotgan mamlakatida ishlashga ruxsat boʻlishi lozim;
  • Tanlangan loyihada ishlatiladigan dasturlash tilini yaxshi bilish zarur.

Takliflar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

  • Aniq maqsadlar;
  • Ishlash usuli (metodologiya);
  • Rejalashtirilgan vaqt jadvali.

Ishtirokchilarning majburiyatlari:

  • Sifatli ish topshirish;
  • Bajarilgan ish, keyingi reja va toʻsiqlar haqida muntazam ravishda xabar berish;
  • Toʻsiq boʻlsa mentor bilan maslahatlashish;
  • Har kuni ish qilayotganini koʻrsatish;
  • Ish hajmini qayta koʻrib chiqish;
  • Faqat mentor bilan emas, hamjamiyat bilan ham bogʻlanish;
  • Ish qobiliyatining kamayishi haqida oldindan xabar berish (masalan: oilaviy, sogʻliq yoki boshqa ishlar sababli);
  • Mentorning fikr-mulohazalarini tinglash va oʻz ishini takomillashtirish.

Muhim: Dasturga 2 martadan koʻp qabul qilingan ishtirokchilar qatnashishi mumkin emas.

Foydali tomonlari

  • Baholashdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga stipendiya beriladi. Oʻzbekiston uchun stipendiya berish miqdori quyidagicha:
    • Kichik loyihalar uchun — $750;
    • Oʻrtacha kattalikdagi loyihalar uchun — $1,500;
    • Katta loyihalar uchun — $3,000.
  • Tajribali dasturchilar tomonidan mentorlik darslari oʻtiladi;
  • Yangi texnik koʻnikmalarni oʻrganish;
  • Real dasturiy loyihalarda ishlab tajriba orttirish imkoniyati.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagilarni topshirishi kerak:

  • Soliq hujjatlari (tax forms);
  • Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat.

Eslatma: Nomzodlar 3 tagacha taklif yuborishi mumkin. Lekin faqat bittasi qabul qilinadi.

Yakuniy taklifni yuborishdan oldin mentorlik qiluvchi tashkilot bilan bogʻlanish, gʻoyalarni muhokama qilish va fikr-mulohazalarni olish tavsiya etiladi!

2026-yilgi mentor tashkilotlarning toʻliq roʻyxati bu yerda.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-mart 2026-yil;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 30-aprel 2026-yil;
  • Kod yozish bosqichi boshlanishi: 25-may 2026-yil.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

AQSh
Dasturchilar uchun xalqaro mentorlik dasturi — Google Summer Code 2026

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar