Dasturlash sohasida oʻqiyotgan yoshlar uchun nufuzli kompaniyalardan biri — Yandexda haq toʻlanadigan amaliyot dasturi
Rossiya Rossiya
14 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Dasturlash sohasida oʻqiyotgan yoshlar uchun nufuzli kompaniyalardan biri — Yandexda haq toʻlanadigan amaliyot dasturi

Amaliyot Qisman moliyalash

Tavsif

Dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Yandex quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻrganib endigina karyera qilishni boshlagan yoshlar uchun (beginners) haq toʻlanadigan amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Yoʻnalishlar:

2022-yilgi amaliyot dasturi Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Sochi, Novosibirsk, Nijniy Novgorod va Simferopoldagi Yandex ofislarida boʻlib oʻtadi. Boshqa shaharlardan kelgan nomzodlar uchun chiptalar va turar-joy xarajatlari qoplanadi. Dastur uch oydan olti oygacha (haftasiga 20 soatdan 40 soatgacha) davom etadi.

Yuqoridagi har bir yoʻnalish va ularga qoʻyilgan talablar bir-biridan farq qiladi. Yoʻnalishlar va ularning alohida talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Eslatma: Amaliyot biror kasbni noldan boshlab oʻrgatadigan dastur boʻlmaganligi sababli nomzodlardan sohalari bo‘yicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlishlari kutiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga Backend developerlar, Machine learning developerlar, Interface developerlar, Analysts (analitiklar), Mobile Application developerlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Nomzodlar asosiy algoritmlar, maʼlumotlar tuzilmalari boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlishlari va dasturlash tillaridan birida kod yozish qobiliyatiga ega boʻlishlari shart.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Amaliyot dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Yandex kompaniyasida qolib rasman ishga kirish uchun imkoniyat beriladi;
  • Shuningdek, amaliyot davomida ish soatiga va tanlangan yoʻnalishiga qarab haq toʻlanadi;
  • Boshqa shaharlardan Moskvaga borib amaliyot oʻtovchi nomzodlarga chipta pullari va turar-joy xarajatlari qoplab beriladi;
  • Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ish talabi va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda onlayn (masofadan) ishlash imkoniyati beriladi;
  • Dastur moslashuvchan jadval asosida (flexible schedule) boʻlganligi sababli oʻqishda oʻqiydigan yoshlar ham ariza yuborishlari mumkin.

Dastur imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Birinchi bosqich

  • Dastlab asosiy sayt orqali kirib, APPLY tugmasi bosiladi;
  • Nomzod oʻz yoʻnalishini tanlab shu yoʻnalish ustida bosib roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Bunda nomzod elektron pochta yoki telefon raqam kiritadi va soʻngra ularga Yandex kompaniyasi tomonidan maxsus kod keladi (SMS yoki elektron pochtaga xabar shaklida);
  • Undan keyin esa, ism-familiya va boshqa soʻralgan maʼlumotlar kiritilib roʻyxatdan oʻtish tamomlanganidan keyin ikkinchi bosqichga oʻtiladi.

Ikkinchi bosqich

  • Bu bosqichda berilgan topshiriqni bir hafta ichida ishlab topshirish soʻraladi.

Uchinchi bosqich

  • Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchinchi bosqichga taklif qilinadi va ikkita yoki uchta texnik intervyudan oʻtib, jamoa tanlashadi;
  • Dasturga arizalarni yuborish va qabul qilinish bosqichlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturda oldin ishtirok etgan nomzodlarning fikrlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin;
  • Qoʻshimcha savollar paydo boʻlsa, intern@yandex-team.ru elektron pochtaga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Dasturlash sohasida oʻqiyotgan yoshlar uchun nufuzli kompaniyalardan biri — Yandexda haq toʻlanadigan amaliyot dasturi
14 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.