Dasturlash sohasiga qiziquvchi yosh mutaxassislar, talabalar va bitiruvchilar uchun EPAM kompaniyasidan bepul Golang darslari
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Noy, 2022 · Muddat tugagan

Dasturlash sohasiga qiziquvchi yosh mutaxassislar, talabalar va bitiruvchilar uchun EPAM kompaniyasidan bepul Golang darslari

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

EPAM kompaniyasi dasturlash boʻyicha asosiy tushunchalarga ega, oʻz kasbini rivojlantirish niyatida boʻlgan yosh mutaxassislar, oxirgi kursda taʼlim olayotgan yoki yaqinda tamomlagan talabalar uchun Go dasturlash tili boʻyicha bepul kurs tashkil etmoqda.

Darslar tajribali EPAM dasturchilarining oflayn maʼruzalari va seminarlaridan iborat. Darslarning davomiyligi 9 hafta. Trening ishtirokchilari har hafta maʼruza va seminarda qatnashishga, nazariy va amaliy mashqlarni bajarishga, topshiriqlarni muntazam va oʻz vaqtida topshirishga tayyor boʻlishlari kerak.

Dastur tili: ingliz tili

Oʻtkazilish joyi: Toshkent shahri, TATU

Maʼlumot uchun: Go (yoki Golang) — Google tomonidan Ochiq manbalar hamjamiyati koʻmagida yaratilgan va ishlab chiqilgan umumiy maqsadli, yuqori darajali til hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu til bilan ishlay oluvchi ga katta ehtiyoj sezilmoqda. Soʻnggi 5 yil ichida Golang Tiobe reytingida eng mashhur dasturlash tillari oʻntaligiga ham kirib ulgurgan. Go Google, Netflix, Twitch, Uber, Hashicorp, Cloudflare, DigitalOcean, Stripe, Yandex, Mail.ru Group, Avito, Ozon, Wildberries va EPAM kabi kompaniyalarda ham qoʻllaniladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dastur oxirgi kurs talabalari, bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan;
  • Istalgan dasturlash tili boʻyicha asosiy biliblarga ega boʻlish (Go, Python, Java, JavaScript, C #, C / C ++, PHP va boshqalar);
  • Algoritmlar nazariyasi va maʼlumotlar tuzilmalaidan xabardor boʻlish;
  • Git bilan ishlash qobiliyati;
  • Buyruqlar qatori bilan ishlay olish;
  • Darslar asosan ingliz tilida olib boriladi.

Shuningdek, quyidagi bilimlarga ega boʻlish nomzodlarga ustunlik beradi:

  • Docker bilan ishlashning asosiy koʻnikmalari (tasvirni yigʻish, konteynerni ishga tushirish);
  • Mijoz va server aloqasini tushunish;
  • SQL asoslari;
  • Shaxsiy loyihalari boʻlishi;
  • Unixga oʻxshash operatsion tizimlar bilan tanish boʻlish.

Dasturda qatnashishdan oldin bilimlarni mustahkamlash maqsadida talabgorlar quyidagi manbalar bilan tanishib chiqishlari mumkin:

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 9 hafta bepul darslarda qatnashish;
  • EPAMning eng tajribali mentorlaridan dars olish.

Topshirish jarayoni

Dasturda qanday qatnashish mumkin:

  • leetcode.com saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
  • 1 hafta davomida testlarni ishlab, ball toʻplab borish kerak. Hafta davomida eng yuqori natijaga erishgan 30 nafar dasturchi Golang kursi uchun saralab olinadi.

Batafsil maʼlumot train.epam.uz saytida roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Eng koʻp soʻralgan savollarga javob bu yerda.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Dasturlash sohasiga qiziquvchi yosh mutaxassislar, talabalar va bitiruvchilar uchun EPAM kompaniyasidan bepul Golang darslari
30 Noy, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.