Dasturlash va robotexnika sohasiga qiziquvchilar uchun Robotics Lab tomonidan 2 haftalik kurs va 20 million soʻmlik grantga ega boʻlish imkoniyati

Dasturlash va robotexnika sohasiga qiziquvchilar uchun Robotics Lab tomonidan 2 haftalik kurs va 20 million soʻmlik grantga ega boʻlish imkoniyati

  • 10/11/2021 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20.12.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 45 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahonda ham algoritmlash, dasturlash va robototexnika boʻyicha yetakchi kompaniya hisoblangan Robotics Lab tomonidan ikki haftalik maxsus guruhlar tashkil etilmoqda.

Ushbu kurs davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar dasturlash texnologiyalari va robototexnikani juda tez hamda mukammal oʻrganadi;
  • Kuchli Start-Up loyihalar boshlaydi va rivojlantiradi;
  • Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy stajirovka, olimpiada, oʻqish va ishlash uchun borishi mumkin boʻladi;
  • Yaxshi bilimga ega talabalar maxsus 20 million soʻmdan grant yutib olishadi.

Grant jami 80 nafar 15-45 yosh orasidagi qiziquvchilarga beriladi.
Asosan maktab oʻqituvchilari va talabalarga moʻljallangan.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Ushbu kursda 15 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan dasturlash va robotexnika sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin;
  • Dastur asosan maktab oʻqituvchilari va talabalarga moʻljallangan.

Foydali tomonlari

Kursga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Yaxshi bilimga ega talabalar maxsus 20 million soʻmdan grant yutib olishadi. Grantlar soni 80 ta;
  • Ishtirokchilar dasturlash texnologiyalari va robototexnikani juda tez hamda mukammal oʻrganadi;
  • Kuchli Start-Up loyihalar boshlaydi va rivojlantiradi;
  • Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy stajirovka, olimpiada, oʻqish va ishlash uchun borishi mumkin boʻladi.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: @robotics_lab Telegram boti

Tel:+998953401070.

Oʻzbekiston
Dasturlash va robotexnika sohasiga qiziquvchilar uchun Robotics Lab tomonidan 2 haftalik kurs va 20 million soʻmlik grantga ega boʻlish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar