Data Science boʻyicha intensiv va interaktiv onlayn kurslarni oʻz ichiga olgan yozgi maktab. Dasturning barcha xarajatlari Hertie School tomonidan moliyalashtiriladi
Germaniya Germaniya
13 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Data Science boʻyicha intensiv va interaktiv onlayn kurslarni oʻz ichiga olgan yozgi maktab. Dasturning barcha xarajatlari Hertie School tomonidan moliyalashtiriladi

Kurslar To'liq moliyalash

Tavsif

Data Science 2022 yozgi maktabi ishtirokchilari hozirgi kundagi eng dolzarb boʻlgan yoʻnalishlar: sanoat, hukumat va fuqarolik jamiyatidagi eng murakkab masalalarga yechib topishda ishlatilayotgan Data Science'ning zamonaviy usullari haqida oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Yozgi maktabda har bir dars ham nazariy va amaliy tarzda boʻlib oʻtadi. Darslarda ishtirokchilar oʻzlari istagancha yoʻnalishlarni tanlab qatnashish huquqiga ega.

Darslar vaqti: 20-iyuldan 5-avgustga qadar boʻlib oʻtadi.

Qayerda boʻlishi: Zoom va YouTubeʼda jonli efir orqali oʻrgatiladi.

Kurslar ro‘yxati: Bu yerda

Ushbu havola orqali kirib yoʻnalish tanlash va shu yoʻnalish darslari qachon va qaysi vaqtda boʻlishini bilib olish mumkin. Masalan, Python dasturlash tiliga kirish taxminan 27-iyul, kunduzgi soat 10:00-12:00 gacha yoki 12:15-14:15 gacha boʻlishi mumkin. Ishtirokchilar oʻzlari qiziqqan kursni tanlab roʻyxatdan oʻtgach shu soha boʻyicha vaqtlariga qarab ishtirok etishlari mumkin.

Dasturning barcha xarajatlarini Hertie School tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga butun dunyodan Data Science va ilovalar yaratish sohasiga qiziqadigan yoshlar ariza qoldirishlari mumkin.

Ishtirok etish shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Ishtirokchilar dasturda qatnashish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishadi:

  • Har kuni 4 soatlik ham amaliy, ham nazariy mashgʻulotlarda qatnashish;
  • Professorlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari tomonidan maslahatlar;
  • Yozgi maktabning boshqa ishtirokchilari bilan netvorking qilish imkoniyati;
  • Faol ishtirok etgan nomzodlarga yozgi maktabda ishtirok etganliklari uchun sertifikat beriladi;
  • Dastur barcha xarajatlari Hertie School Data Science laboratoriyasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Dasturning toʻliq imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Soʻraladigan maʼlumotlar:

  • Ism-familiya
  • Elektron pochta manzili
  • Qayerda ishlashi yoki oʻqishi

Ushbu havola ustiga bosib nomzodlar yuqoridagi maʼlumotlarni kiritgach, istalgan yoʻnalishlarini tanlashlari va boshqa soʻralgan savollarga javob berishlari kerak va oxirida Submit tugmasini bosib ariza qoldiriladi.

Eslatma: 

  • Ariza qoldirilganidan soʻng ishtirokchilarning elektron pochtalariga Confirmation (yaʼni ularning arizalari qabul qilganligi haqida bildirishnoma) yuborilmaydi. Nomzod roʻyxatdan oʻtgan kurs boshlanish sanasiga yaqin qolganda elektron pochtalariga havola yuboriladi. Shu orqali kirib qatnashishlari mumkin;
  • Barcha darslar yozib olinadi va keyin ishtirokchilarga taqdim etiladi.

Qanday qilib ariza qoldirish haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Manzil:

  • Data Science laboratoriyasi, Hertie maktabi
  • Friedrichstraße 180, Berlin

Elektron pochta manzili: Dr.Olga Gasparyan

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Data Science boʻyicha intensiv va interaktiv onlayn kurslarni oʻz ichiga olgan yozgi maktab. Dasturning barcha xarajatlari Hertie School tomonidan moliyalashtiriladi
13 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.