Tavsif
“Davlat belgisi” DUK (Davlat Unitar Korxonasi) tomonidan esdalik tangalari va suviner toʻplamlari dizaynerlari uchun maxsus tanlov taqdim etiladi. Gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi hamda mavzuga doir yoʻnalish boʻyicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlarining muallifiga qoʻshimcha gonorar beriladi.
Dizayn konsepsiyasi va tematikasi quyidagilardan iborat:
- Tarixiy va muqaddas qadamjolar;
- Xalqimizning qadriyatlari, madaniyati va tarixi;
- Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi;
- Buyuk Ipak yoʻli;
- Sport sohasi;
- Tabiat va hayvonot olami;
- Milliy hunarmandchilik;
- Erkin mavzu.
Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:
1-bosqich. Ushbu bosqichda tanlovga kelib tushgan barcha dizayn loyihalari “Davlat belgisi” DUKning Ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqiladi va eng yaxshi 30 ta dizayn loyihasi saralab olinib, dizayn mualliflari roʻyxati eʼlon qilinadi.
2-bosqich. Bunda ishchi guruh tanlab olingan 30 ta dizayn loyihalarini Markaziy bankning Komissiyasi muhokamasiga kiritiladi. Komissiya taqdim etilgan dizayn loyihalarini 5 ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi va 15 ta gʻolibni tanlab oladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.