Tavsif
Deloitte tashkiloti One Young World Sammitida toʻliq moliyalashtirilgan holda qatnashish imkoniyatini beruvchi Climate Change grant dasturini e'lon qiladi.
Dastur 2022-yil 16-19 may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadi va ishtirokchilar uchun barcha xarajatlar: aviabilet, turar-joy, ovqatlanish, sammit davomida tadbirlarga qatnashish, ichki sayohatlar qoplab beriladi.
Tanlovda oʻz jamoasida, jamiyatida, mamlakatida va butun dunyoda sodir boʻlayotgan iqlim oʻzgarishlarini ijobiy tomonga oʻzgartirishni istagan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishlari mumkin.
Eslatma: Agar nomzod 30 yoshdan oshgan boʻlsa ham iqlim oʻzgarishiga qarshi ahamiyatli innovatsion ishlar bilan shugʻullanayotganini koʻrsatib bera olsa, qatnashishi mumkin.
Dasturga ariza topshirish 2021-yil 8-dekabrgacha onlayn qabul qilinadi.