Tavsif
Bremen Solidarity Prize — Bremen birdamlik mukofoti 1988-yildan beri har ikki yilda bir marta taqdim etiladi. Bu yilgi mukofot iqlim oʻzgarishi mavzusining va atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarbligini hisobga olgan holda shu sohada alohida yutuqlarga erishganlarga moʻljallangan.
18-marotaba oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda oʻz mamlakatlarida barqaror rivojlanish uchun kurashda ajralib turadigan fuqarolik jamiyati tashabbuskorlari ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, nomzodlar global miqyosda iqlim oʻzgarishining oldini olish uchun oʻzlarining ijodiy va innovatsion taklif hamda yechimlarini tanlovga taqdim etishlari kerak.
Tanlov gʻolibi 10,000 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Oʻtgan yillardagi tanlov gʻoliblari roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlov broshyurasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.