Tavsif
DevOps Essentials IT kursi — EPAM trening markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Kurs IT sohasiga qiziquvchilar va oʻz karyerasida rivojlanmoqchi boʻlgan dasturchilar uchun moʻljallangan.
Mazkur kurs onlayn boʻlib, uni qachon boshlash hamda tugatish mutlaqo ishtirokchining oʻziga bogʻliq. Kursda oʻqish bepul. Kursga qabul qilingandan soʻng, ishtirokchilar saralash testiga asosan maxsus guruhlarga ajratiladi.
Kurs dasturi quyidagi modullarni oʻz ichiga oladi:
- Git dasturiy taʼminotining amaliy va nazariy jihatlari (theoretical and practical knowledge of Git);
- Bash va Python dasturi asoslari (Fundamentals of Bash & Python syntax);
- Linux va Windows operatsion tizimining asosiy xususiyatlari (Basic features of Linux and Windows OS);
- Networking;
- Scripting: Bash;
- Python Essentials;
- Scripting: PowerShell Essentials;
- DB essentials: MS SQL [Optional for AWS].
Kursda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish kerak.
Oʻquv kursini tugatib, yakuniy baholashni (nazariy test va amaliy topshiriqlar) muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar, mustaqil oʻqishni ikkinchi bosqichda — DevOps Fundamentalsda davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
DevOps Essentials kursi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.