Tavsif
“DevOps, OpenShift va u bilan fintech’da qanday ishlash kerak” nomli bepul ta'lim IT kursi IT Park rezidenti “UZCARD” va Rossiyaning “Иннотех” KG hamkorligida, hamda IT Park Uzbekistan ko‘magida tashkil etilmoqda.
Maxsus testdan o‘tgandan so‘ng saralangan 25 nafar ishtirokchi kompaniyaning yetakchi muhandislari tomonidan to‘rt hafta davomida o‘qitiladi.
Kurs dasturi quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:
- Mikroservis arxitekturasiga kirish;
- Bulutlar;
- Docker va k8s bilan tanishish;
- OpenShift asoslari;
- TeamCity va TeamCity Kotlin DSL’dagi CI/CD,'
- Monitoring;
- Kuzatuvchanlik.
Kurs 1-fevraldan 24-fevralga qadar 4 hafta oflayn tarzda davom etadi (Manzil: Toshkent shahri, Uzcard akseleryator maydoni).
Kurs rus tilida bo'lib o'tadi va kurs davomida amaliy topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchi shaxsiy kompyuteriga ega bo'lishi lozim. Har bir dars davomiyligi 2 soat va 2 qismdan iborat bo'ladi. Ya'ni, nazariy va amaliy.
Kurs ishtirokchilari ta’lim dasturining sakkizta o‘quv vebinaridan iborat chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar.
Mashg‘ulotlar “UZCARD” korporativ akseleratori saytida o‘tkaziladi. Trening natijalariga ko‘ra, eng yaxshi bitiruvchilar kursni tashkil etuvchi ham kompaniyalarda, ham boshqa xalqaro hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi. Kurs bitiruvchilariga DevOps va OpenShift kursini muvaffaqiyatli tamomlaganligilari uchun diplom taqdim etiladi.
Kurs agendasi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.