Tavsif
Estoniya diplomatiya maktabi (ESD) — notijorat taʼlim muassasasi boʻlib, Estoniyadan va butun dunyodan yigʻilgan iqtidorli yoshlarga diplomatik amaliyot, Yevropa integratsiyasi, xalqaro aloqalar va davlat boshqaruvi sohalarida yuqori malakaga ega boʻlishlarida koʻmaklashadi.
Estoniya Diplomatiya maktabi (ESD) har yili Estoniya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida yosh diplomatlar va davlat xizmatchilariga xalqaro aloqalar va Yevropa integratsiya boʻyicha 9 oylik dasturda ishtirok etish uchun stipendiyalar taqdim etadi. Oʻquv dasturi Tallindagi Estoniya Diplomatiya Maktabida ikki semestrdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlib oʻtadi. 2021-22 oʻquv yili uchun dastur 2021-yil 14-sentyabrda boshlanadi va 2022-yil 27-mayda tugaydi.
Dastur davomida talabalar xalqaro aloqalar va Yevropa integratsiyasi nazariyasi va amaliyoti boʻyicha akademik va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlib, oʻrgangan bilimlarini kelajak karyeralarini rivojlantirish yoʻlida sarflashlari mumkin.
Dasturda qatnashishni istovchi talabalardan quyidagi sifatlarga ega boʻlishlari kutiladi:
- Xalqaro munosabatlar nazariyalari haqida umumiy maʼlumotga ega, ularni taqqoslash va tahlil qilishni bilish;
- Xalqaro munosabatlarning asosiy mavzularini (tashqi siyosat, xavfsizlik siyosati, xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi, xalqaro iqtisodiyot) tushunish;
- Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Rossiya, AQSh kabi mintaqalarining asosiy xalqaro mavzulari haqida xabardor boʻlish;
- Diplomatiya sohasida amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, masalan, diplomatik koʻnikmalar, protokol, xalq diplomatiyasi, madaniyatlararo aloqa va xalqaro muzokaralar.