Tavsif
Dizipro markazi tomonidan qizlar uchun 20 dan 100 ta oʻringacha boʻlgan “Qizlar kelajagi uchun” taʼlim granti eʼlon qilindi. Grant davomida qizlar hozirgi kundagi eng zamonaviy va daromadli kasblardan biri — 3D modeling sohasini bepulga 4 oy davomida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Guruhlarga qiz bola ustoz mentor sifatida biriktiriladi. Ariza topshirish uchun qabul 25-iyulga qadar davom etadi.