Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan, “Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida, Jahon bankining moliyaviy koʻmagi asosida 2023-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi olimlari, doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilari uchun “International approaches and best practices of using data in scientific research” bepul oʻquv dasturining navbatdagi bosqichini Toshkent shahri va hududlarda, jumladan Samarqand, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi va mohiyati:
- Mahalliy olimlar tomonidan yetakchi ilmiy maʼlumotlar bazalarida nashr etilayotgan maqolalar sifati va sonini oshirish (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar);
- Turli vositalar, ilovalar va uslubiyotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar tahlili uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasida olimlarning salohiyatini mustahkamlash;
- Maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy maqolalarni tayyorlash va ilmiy tadqiqot doirasida maʼlumotlar vizualizatsiyasi koʻnikmalarini mustahkamlash;
- Olimlarga maʼlumotlarni empirik tahlil qilishning zamonaviy uslublarini oʻrgatish;
- Olimlarga ularning ilmiy natijalarini yuqori impakt-faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishga amaliy yordam koʻrsatish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.