Dubayda bo‘lib o‘tadigan 2 kunlik - Change The World Model  UN Konferensiyasi
Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari
29 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Dubayda bo‘lib o‘tadigan 2 kunlik - Change The World Model UN Konferensiyasi

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Change The World Modul UN Conference (CWMUN) - muhim global muammolar muhokamasiga bag‘ishlangan dunyodagi eng katta MUN tadbir tarmoqlaridan biri sanalgan xalqaro talabalar forumi bo‘lib,  bu  har yili dunyoning  yirik shaharlarida bo‘lib o‘tadi.  

CWMUN bu - kelajak, hamkorlik va barqarorlik to'g'risidagi muammolarni muhokama qilish maqsadida talabalar, siyosiy rahbarlar, sport chempionlari va geosiyosat mutaxassislari yig‘iladigan o‘ziga xos konferensiya  sanaladi. Konferensiya maktab va universitet  talabalari hamda yosh mutaxassislar uchun bo‘lib,  dunyo yoshlari bilan fikr almashish va do‘stlashish hamda ajribali elchilar, jurnalistlar, olimlar va sport chempionlari bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha mamlakat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar 16-28 yosh oralig'ida bo‘lishi;
  • Dunyoni o‘zgartirish va shaxsiy rivojlanish bo'yicha fikr va g‘oyalarga ega yoshlar qatnashishlari mumkin.

Ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng yaxshi ishtirokchilar €1000 stipendiya hamda turar-joy bilan ta’minlanadi.

Ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin

Topshirish jarayoni

  • Arizalarni onlayn shaklda topshiring;
  • Arizani to‘ldirish jarayonida Skype orqali o‘tkaziladigan intervyu sanasi va vaqtini belgilang;
  • Tanlov intervyusida qatnashish mutlaqo bepul va hech qanday cheklovlarsiz

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Tel:+39 095 715 2470

Email: info@cwmun.org

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 28

  • Jins

    Erkak, Ayol

BAA Dubayda bo‘lib o‘tadigan 2 kunlik - Change The World Model UN Konferensiyasi
29 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.