Barcha 16-40 yosh oraligʻidagilar uchun Nyu-Yorkda xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro sammit — Global Peace Summit
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Iyl, 2024 · Muddat tugagan

Barcha 16-40 yosh oraligʻidagilar uchun Nyu-Yorkda xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro sammit — Global Peace Summit

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Global Peace Chain tashkiloti oʻz shaxsiy fikriga ega, tengdoshlari orasida yetakchi, qolaversa, bahs-munozarani sevuvchi yoshlarni 2024-yil 9-12 dekabr kunlari Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadigan Global Peace Summitida ishtirok etishga taklif etadi.

Global tinchlik mavzusiga bagʻishlangan ushbu sammit 150 dan ortiq mamlakatdan kelgan yosh, malakali va gʻayratli tinchlik qoʻllab-quvvatlovchi yoshlarga fikrlarini yanada kengaytirish va dunyo boʻylab tinchlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻz reja va maqsadlarini taqdim etish imkonini beradi. Ushbu sammit motivatsiyaga ega boʻlgan yoshlarni birlashtirish, ularning qobiliyatlarini kengaytirish, ularga fikrlarini va ular bilan aloqa (networking) oʻrnatishdan iborat.

Sammitda ushbu mavzular boʻyicha ishtirok etish mumkin:

  • The Role of International Diplomacy in Addressing the Crisis in the Middle East;
  • The Role of Women in Politics and Peacebuilding;
  • The Politics of Climate Change
  • Strategies for Making Effective Foreign Policy Decisions in a Complex Global Landscape. 

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari, jumladan, safar, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari moliyalashtiriladi (to'liq grant yutganda). Bundan tashqari, sammit yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod keng fikrli, kuchli motivatsiya va qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Sammit ingliz tilida olib borilgani sababli ishtirokchilar ingliz tilini bilishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi;
  • BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yoʻlida fidokor boʻlishi kerak;
  • Talabalar va yosh professorlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dastur 20 ta toʻliq qoplanuvchi, 35 ta qisman qoplanuvchi grantlar va 140 ta o’z-o’zini moliyalashtiradigan o’rinlarni taklif qiladi;

Toʻliq qoplanuvchi grant:

  • Nyu Yorkka sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • Turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Sammitda ishtirok etish uchun ruxsatnoma, konferensiya to'plami, dastur soʻnggida sertifikat va yakuniy bayramda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi;

Qisman qoplanuvchi grant:

  • Aviachiptadan tashqari yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega boʻladi;

O'z-o'zini moliyalashtirgan arizachilarga:

  • Sertifikat, ruxsatnoma, konferentsiya to'plami, yakuniy bayramda qatnashish imkoniyati.

 

  • Barcha ishtirokchilarga ʼʼMAPS Global Toursʼʼ agentligi tomonidan sayohat boʻyicha maslahat beriladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan otish va ariza topshirish kerak boʻladi. 

Ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Ariza topshirishda savollar tugʻilsa, gps@globalpeacechain.org elektron manzilga murojaat qilish mumkin.

Eslatma: Ariza topshirish uchun ariza badalini to'lash lozim: $30

Qo'shimcha ma'lumot

Sammit 2024-yil 9-12-dekabr kunlari Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar 2024-yil 10-avgustda e'lon qilinadi.

Ariza topshirish uchun toʻlov PayPal, Western Union va Stripe orqali amalga oshiriladi. Agar nomzod yashayotgan mamlakatda u xizmatlar mavjud boʻlmasa, gps@globalpeacechain.org emailiga murojaat qilish orqali muammoga yechim topish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

Email: gps@globalpeacechain.org 

Whatsapp: +1 (929) 412-5845 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Barcha 16-40 yosh oraligʻidagilar uchun Nyu-Yorkda xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro sammit — Global Peace Summit
29 Iyl, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.