Dunyo boʻylab 15-17 yoshdagilar uchun taʼlimni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan Rise Global Program tanlovi

Dunyo boʻylab 15-17 yoshdagilar uchun taʼlimni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan Rise Global Program tanlovi

  • 30/09/2023 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 01.01.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 17 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Rise Global Program - bu imkoniyatga muhtoj boʻlgan nomzodlarni topish va atrofdagilarga xizmat qilish yo'lida harakat qilayotganlarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan dastur.

Dasturning maqsadi — 15-17 yosh orasidagi iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni global hamjamiyatga qo'shish, ya'ni ishtirokchilarni  sammitga chaqirish, global tarmoqqa qo'shish, stipendiya ajratish va h.k. bilan rag'batlantirish. 

Daturda qatnashish uchun nomzodlar 3 daqiqalik video, amalga oshirishni ko'zlayotgan loyihalari haqida qisqacha m'alumot topshirishlri, so'rovnomadagi savollarga javob berishlari kerak.

Tanlov jarayoni va Rise dasturining koʻplab keyingi bosqichlari onlayn tarzda amalga oshiriladi. To eng sara 100 ta nomzod aniqlanmaguncha, jarayon to'la onlayn amalga oshiriladi. So'nggi 100 talik oflayn formatdagi sammitga taklif qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 15-17 yoshli, yaʼni 2006-yil iyul oyi hamda 2009-yil iyul oyi oraligʻida tugʻilgan nomzodlarda ishtirok etishlari mumkin. Ushbu yosh chegarasidan kichik boʻlganlar qonuniy vasiy yoki ota-onasi koʻmagida dasturda ishtirok eta olishadi;
  • Qatnashchilar jismoniy shaxs boʻlishlari lozim;
  • Nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Guruh boʻlib ishtirok etish mumkin emas;
  • Ariza beruvchilar oʻzlarining haqiqiy maʼlumotlari asosida murojaat qilishlari kerak. Avatarlar, taxalluslar va soxta identifikatsiyalar mos kelmaydi;
  • Tanlov bilan bogʻliq barcha shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlar toʻgʻri va ishonchli boʻlishi kerak;
  • Jismoniy shaxslar dasturda yilda faqat bir marta murojaat qilishlari mumkin;
  • Bir qurilmadan bir necha marta yoki bir necha xil usulda ariza topshirgan shaxslarning arizalari koʻrib chiqilmaydi;
  • Oldingi Rise Global gʻoliblari keyingi yilida tanlovga ariza berish huquqiga ega emas;
  • Nomzodlar AQSh hududiga kirish huquqiga ega boʻlishi kerak.

Dastur maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur gʻoliblari imtiyozlarga ega boʻladi va quyidagilar kabi turli xil dasturlar va tadbirlarda qatnashadilar:

  • Sammit: Rise Global Winnerning barcha aʼzolari bilan toʻliq moliyalashtiriluvchi sammit tashkil etiladi. Unda qatnashish majburiy bo'lib, sammit davomida turar-joy beriladi. Global gʻolib maqomini olish va boshqa barcha imtiyozlarni olish uchun ushbu sammitda qatnashish talab qilinadi;
  • Dasturlarda qatnashish: Ishtirokchilar maxsus dasturlar, kurslar va boshqa imkoniyatlarga kirish huquqiga ega boʻlishadi. Onlayn kurslar maxsus oʻquv platformasida oʻtkazilishi va uchinchi tomon provayderlari tomonidan taklif qilinishi mumkin;
  • Global gʻoliblar tarmogʻi: Turli tadbirlarda qatnashish va birgalikda hamkorlik qilish uchun Global Gʻoliblar tarmogʻiga kirish imkoniyati beriladi;
  • Oliy taʼlim stipendiyasi: Oʻrnatilgan stipendiya shartlariga muvofiq, oʻqish xarajatlarini qoplovchi va oylik stipendiya beruvchi stipendiya ajratiladi;
  • Texnologiya: Noutbuk yoki planshet kabi texnologiya toʻplami beriladi;
  • Qo'shimcha imtiyozlar: Nomzoddagi ehtiyojlarga mos ravishda, qoʻshimcha yordam ham berilishi mumkin.

Bundan tashqari, barcha Rise Global gʻoliblari dastur davomida quyidagi imtiyozlarga ariza berish imkoniyatiga ega boʻladilar:

  • Hamkorlar tarmogʻi: Dasturlar, oʻrta maktab uchun stipendiya, stajirovkalar va boshqa imtiyozlarga ega boʻlish imkoniyati;
  • Moliyalashtirish imkoniyatlari: Innovatsion gʻoyalarga ega nomzodlar moliyaviy tarzda qoʻllab quvvatlanadi. Ushbu maqsadlar uchun yiliga kamida 5 million AQSh dollari miqdorida pul mablagʻi ajratiladi;
  • Taʼlimni qoʻllab-quvvatlash: Magistratura darajasi uchun stipendiya fondiga ariza berish imkoniyati beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali virtual tarzda ariza topshirish mumkin.

Veb-sahifa orqali ariza bera olmaydigan shaxslarga, koʻrsatilgan ehtiyojga qarab, har bir holatda qogʻoz orqali ariza berish uchun ruxsat beriladi. Yetarli asoslarga ega nomzodlar paper@risefortheworld.org elektron pochta manziliga oʻzlarining vaziyatlari haqida xabar yozishlari va qogʻoz formatida ariza yozish uchun ruxsat soʻrashlari lozim.

Ariza topshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Berilgan ariza namunasini toʻldirish;
  • 3 daqiqalik video topshirish va boshqa nomzodlarning videolarini koʻrib chiqish;
  • Qurilmasi videoyozuvga qodir boʻlmagan yoki cheklangan maʼlumotlarga ega boʻlgan qatnashchilar koʻrsatmalarga video orqali emas, balki yozma ravishda (1600 belgidan iborat, 14 ta gap yoki 2 ta paragraf) javob berishlari va boshqalarning yozma javoblarini koʻrib chiqishlari mumkin;
  • Ariza beruvchilardan shaxsiy demografik va ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bogʻliq savollarga javob berish orqali profilni toʻldirish soʻraladi;
  • Ishtirokchilar oʻz intilishlari hamda hozirgi holatiga kelgunga qadar qanday qiyinchiliklarni yengib oʻtganligi haqida 2 ta savolga javob berishlari kerak boʻladi;
  • Nomzodlardan ariza topshirish davri davomida individual loyihani bajarishlari talab etiladi. Loyiha 2023-yil oktyabr hamda 2024-yil yanvar oylari oraligʻida yaratilgan boʻlishi lozim. Ushbu bosqich loyiha mavzusini aniqlash, uni tadqiq qilish, rejani ishlab chiqish, ushbu rejani amalga oshirish va ishlarni aks ettirishni oʻz ichiga oladi;
  • Qatnashchilardan oʻz tengdoshlarining kamida uchta loyihasini koʻrib chiqishlari soʻraladi. Shuningdek, ular viktorina savollariga chavob berishari, kelib chiqishi, taʼlimi, yutuqlari, intilishlari va xizmatga sodiqligi haqidagi qoʻshimcha savollarga javob berishlari lozim.

Eslatma: Internet yoki kompyuterga cheklangan imkoniyatlarga ega boʻlgan nomzodlar ushbu havola orqali berilgan, chop etish va oflayn tarzda toʻldirish mumkin boʻlgan ariza namunasi orqali dasturda ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga ariza topshirish sentabr oxiridan boshanadi. Ariza berishning soʻngi muddati 2024-yil, yanvar.

Ariza topshirish shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ariza topshirish haqidagi eng koʻp berilgan savollar roʻyxati haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ariza topshirish jarayoni tugagandan soʻng nomzodlar quyidagicha baholanadi:

Ariza beruvchilar bir-birlarini hakamlik mezonlariga koʻra koʻrib chiqadilar (Peer-to-peer review). Eng yuqori ball olgan munosib taqdimotlar Homiy tomonidan tayinlangan hakamlar hayʼati tomonidan hakamlik mezonlariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Ariza topshirilgandan soʻng, 500 tagacha finalist tanlanadi;

Keyingi bosqichda eng yaxshi 500 ta finalchilar 100 tagacha global gʻolibni tanlash uchun qayta koʻrib chiqiladi;

Rise Challenge davomida dastur egalari taqdim etish boʻyicha koʻrsatmalarga yoki Rise odob-axloq kodeksiga mos kelmaydigan har qanday Taqdimotlarni koʻrib chiqishi va chiqarib tashlashi mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: rise@risefortheworld.org

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

AQSh
Dunyo boʻylab 15-17 yoshdagilar uchun taʼlimni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan Rise Global Program tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar