Tavsif
The Arabic for non-native speakers centre - Arab tili markazi ixtisoslashgan til markazi boʻlib, ona tili arab tili boʻlmagan xalqaro talabalarga bepul til kursini hamda ushbu kurs boʻyicha til sertifikatini taqdim etadi.
Ushbu dasturda dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar bir yillik (2 semestrdan iborat) bepul arab tili kursini oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.
Til kursi aralash jins vakillaridan iborat boʻlib, talab etilgan holatda, ayollar alohida fakultetlarda taʼlim olishi mumkin.
Nomzodlarning Qatarga borish-kelish, turar-joy, taomlanish hamda boshqa bir qator xarajatlari dastur tomonidan toʻliq qoplanadi va bundan tashqari yashash uchun har oy taxminan 140 AQSh dollari miqdorida stipendiya ham ajratiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.