Tavsif
COMSOL, Inc., Mouser Electronics va SAE International kompaniyasi hamda SAE Media Group (SMG) homiyligida Create the Future Design Contest tanlovi 2025-yil uchun ariza topshirishni ochiq deb eʼlon qiladi.
Dasturda dunyoning istalgan burchagidan 18 yosh va undan kattalar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlar tanlovda 7 ta kategoriya boʻyicha oʻz dizaynlari bilan qatnashishlari mumkin:
- Aerospace & Defense
- Automotive/Transportation
- Electronics
- Energy, Power & Propulsion
- Manufacturing/Materials
- Medical
- Robotics & Automation
Arizalarni topshirish jarayonida nomzodlar ushbu havola orqali berilgan yoʻl-yoʻriqlar hamda innovatsion fikrlar bilan tanishib chiqishlar mumkin.
Tanlovda bosh mukofot $25,000 qilib belgilangan. Bundan tashqari 7 nafar mintaqaviy gʻoliblar, 10 nafar eng faol ishtirokchilarga ham bir qator mukofotlar berilishi koʻzda tutilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.