Tavsif
The UN Climate Negotiations (COP27) dasturi oʻzlarining mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Climate Tracker orqali hikoyalar nashr ettirish istagida boʻlgan 10 nafar jurnalistni global miqyosda oʻtkaziluvchi konferensiyaga taklif etadi.
Konferensiya oflayn hamda onlayn formatda oʻtkaziladi. Nomzodlar ariza toʻldirish jarayonida oʻz tanlovlarini belgilaydilar.
Onlayn format ishtirokchilari uchun 12 nafar nomzod tanlab olinadi. Ushbu formatga qabul qilingan nomzodlar konferensiyadan oldin bir oy davomida tayyorlanadilar hamda jami 3 ta hikoya yozishlari kutiladi (bitta konferensiyadan oldin, 2 ta konferensiya davomida).
Dastur 2022-yil 7-18-noyabr kunlari Misrning Sharm el-Sheikh shahrida boʻlib oʻtadi.
Dasturga oflayn format uchun qabul qilingan nomzodlarning xarajatlari toʻliq qoplanadi hamda stipendiya beriladi. Onlayn format ishtirokchilari uchun 250 yevro stipendiya beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.