Dunyo boʻylab xalqaro dasturda yetakchilik qilish hamda bepul treningda qatnashish imkoniyati — UGP Sustainibility Leadership dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
31 Dek, 2022 · Muddat tugagan

Dunyo boʻylab xalqaro dasturda yetakchilik qilish hamda bepul treningda qatnashish imkoniyati — UGP Sustainibility Leadership dasturi

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

UPG Sustainability Leadership — global miqyosda yoshlarni bir nuqtaga birlashtiruvchi dastur boʻlib, 100 dan ortiq mamlakat fuqarolarini yetakchilikka chaqiradi.

UPG barqarorlik yetakchilik dasturi odatiy “yashil” masalalarni, jumladan, daraxt ekish, chiqindilarni qayta ishlash, energiyani boshqarish, okeanlarni himoya qilish va uzoq vaqt davomida jamiyatimiz uchun muhim boʻlgan boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari taʼlim, sogʻliqni saqlash, ish oʻrinlari, gender tenglik, barqaror isteʼmol, barqaror ishlab chiqarish va boshqalar ham dasturda oʻrin olgan.

Dasturga har yili 500dan ortiq ishtirokchi qabul qilinadi. Ushbu qatnashchilar orasidan 60 nafari 2023-yil 30-iyundan boshlab AQShdagi Hurricane Island fan va yetakchilik markazida 1 hafta davomida treninglarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur onlayn hamda oflayn formatda olib boriladi.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari lozim.

Dastur xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dunyo boʻylab dini, irqi va kelib chiqishidan qatʼi nazar yetakchilikka qiziquvchi barcha yoshlar dasturda ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar 2023-yil 30-noyabr oyiga qadar 18-35 yosh oraligʻida boʻlishlari lozim;
  • Dastur ingliz tilida olib boriladi. Nomzodlardan til bilish haqdagi sertifikat talab etilmaydi, ammo ushbu tilda muloqot qilishni yaxshi bilishlari kerak;
  • Ishtirokchilardan oʻz-oʻzini ruhlantirish hamda faollik kabi xislatlarga ega boʻlishlari soʻraladi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan 500 ta nomzod orasidan 60 ta faol yetakchi AQShda bir haftalik oflayn trening-seminarlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi;
  • Borish-kelish chiqimlari, jumladan, oziq-ovqat, ichki hamda xalqaro transport, trening materiallari hamda turar-joy xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi;
  • Dasturga qabul qilingan barcha nomzodlar onlayn treninglarda bepul qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
  • Dastur soʻngida qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Eslatma: Nomzodlarning viza bilan bogʻliq xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali berilgan ariza shaklini toʻldirish lozim.

Baholash mezonlariga koʻra nomzodlarning biografiyasi, motivatsiyasi, iqtidori hamda taʼsir qilish boʻyicha potensiali hisobga olinadi.

Nomzodlardan oʻzlari haqida qisqacha 2 minutlik video olishlari soʻraladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2022-yil 31-dekabr

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2023-yil 31-yanvarda eʼlon qilinadi.

2023-yil 13-martda dasturning onlayn treninglari boshlanadi va 12-mayda tamomlanadi.

2023-yil 2-iyunda faoliyatni boshlash marosimi oʻtkaziladi va tanlangan 60 ta ishtirokchiga 30-iyundan boshlab taklifnomalar yuboriladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Dunyo boʻylab xalqaro dasturda yetakchilik qilish hamda bepul treningda qatnashish imkoniyati — UGP Sustainibility Leadership dasturi
31 Dek, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.