Tavsif
Jameel scholarships - Jameel stipendiyasi dunyo boʻylab yoshlarga oʻz bilimlarini Buyuk Britaniyadagi musulmon jamoalarini qoʻllab-quvvatlash, keng ommaga islomni yaxshiroq tushunish uchun yordam berish imkonini beradi.
Nomzod Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti Islam in Contemporary Britain (MA) kursiga qabul qilinishi lozim. Ushbu kursga qabul 2022-yil 1-avgustiga qadar davom etadi. Lekin grant dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-iyundan kechiktirilmagan holatda topshirilishi lozim.
Dastur kunduzgi taʼlim shaklida boʻlsa 1 yil, sirtqi taʼlim shaklida boʻlsa 2 yil davom etadi. Oʻquv yili 26-sentyabrda boshlanadi.
Dastur davomida nomzod uchta asosiy modul (60 kredit) va yana uchta ixtiyoriy modulni (60 kredit) oʻrganadi.
Dasturdan soʻng nomzodlar 20,000 soʻzdan iborat dissertatsiya yozishlari kerak boʻladi.
Dasturga qabul qilingan nomzodlarning oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanib, yillik stipendiya va tadqiqot ishlari uchun alohida pul mablagʻi ajratiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.